Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filiali direktori Z.Xakimov va Sirdaryo viloyat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasi raisi S.Begimqulovlar tomonidan imzolangan mazkur memorandum uni imzolagan tomonlarning o‘z ustavlarida belgilangan maqsad va vazifalarni izchil amalga oshirilishini ta’minlash borasidagi hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida, O‘zbekistonda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va siyosiy sohalarda olib borilayotgan tizimli, uzluksiz hamda bosqichma-bosqich demokratik islohotlarni qo‘llab-quvvatlagan holda, mamlakatni yanada demokratlashtirish va yangilash, fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlaridagi tomonlarning keng ishtirokini ta’minlash, fuqarolarda yuksak iste’mol madaniyatini yanada shakllantirish hamda ularning qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishiga ko‘maklashish, ta’lim olayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadlarini ko‘zlaydi.